22 may 11:01
Yangiliklar
Tadbirlar
Toshkentda Osiyo va Okeaniyaning 34 davlati ishtirokida Hukumatlararo yig'ilish boshlandi
Poytaxtimizda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig'ilishi boshlandi.
Unda WADA tashkiloti prezidenti Vitold Banka, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi departament rahbari Odil Abdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy anti-doping agentliklari vakillari va har ikki mintaqaning 34 mamlakatidan tashrif buyurgan delegatlari ishtirok etmoqda.
Ikki kunga mo'ljallangan tadbirda sohaga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqilib, o'zaro hamkorlik va rivojlanishga doir qator mavzular muhokama qilinadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar