So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

12 avg 12:33
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC bilan hamkorlik, Toshkentda o'tadigan boks oqshomi va PBFning asosiy maqsadi haqida - Professional boks federaciyasi raisi bilan intervyu

Teglar :  Umid Yakubov
O'zbekiston professional boks federaciyasi (PBF) raisi Umid Yoqubov “Daryo” bilan suhbatda tashkilotning asosiy maqsadlari, WBC bilan hamkorlik va boshqa bir qator savollarga javob berdi.

Tashkilotning asosiy maqsadi haqida

Professional boksni O'zbekistonda targ'ib qilish, rivojlantirish, shuningdek, hakamlik masalalari, murabbiylar va professional bokschilarni etishtirib chiqarishga masul tashkilot hisoblanadi.

Bu vazifalarni amalga oshirish biz turli tashkilotlarni azolikka jalb etamiz. Masalan, bizda promouterlik kompaniyalari bor. Ularning asosiy vazifasi boks musobaqalarini tashkil etish.

PBF esa promouterlik kompaniyalarini ro'yxatga olish, ularga ruxsatnoma berish, kompaniya tashkil etayotgan musobaqa reglament asosida o'tishini nazorat qilish uchun supervayzer jo'natadi. Bundan tashqari bu musobaqalarga hakamlar etkazib berish ham bizning zimmamizda.

WBC bilan hamkorlik haqida

PBF ish boshlashi bilanoq dunyoning eng nufuzli beshta boks tashkiloti (WBC, WBA, WBO, IBF, IBO) bilan hamkorlik qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Xabaringiz bor, WBC mazkur beshta tashkilot orasida eng nufuzli va yoshi katta tashkilot hisoblanadi.

PBFning birinchi vice-prezidenti G'ofur Rahimovning WBC tashkiloti prezidenti Maurisio Suleyman bilan ko'p yillik do'stona aloqalari bor. Tashkilotda ish boshlaganimizdan keyin dastlabki kunlardayoq WBC rahbariyati bilan bog'landik, muzokaralar o'tkazdik va xatlar yubordik. Natijada federaciya WBCning to'laqonli azosiga aylandi.

Hamkorlik dastlabki mevasi sifatida 11-avgust kuni Toshkentda hakamlar uchun tashkil etilgan seminarni aytishim mumkin. Bu seminarga WBC tomonidan ikki nafar mutaxassis yuborilgan — italiyalik mashhur referi Guido Kavaleri va WBCning rasmiy vakili latviyalik Oksana Semenishina.

Faqat bu bilan cheklanib qolmay boshqa tashkilot bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'yishni maqsad qilganmiz. Keyingisi WBA bo'ladi, ushbu tashkilotning ham azosiga aylanishni istaymiz.

Federaciya qanday moliyalashtirilishi haqida

Federaciya to'liq azolik badali va homiylardan tushadigan mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Promoushen kompaniyalari haqida

Bokschi qanchalik yaxshi va potenciali Jahon chempionligini qo'lga kiritishgacha etarli bo'lmasin, agar promouteri kuchsiz bo'lsa hech qachon u bokschini jahon chempioni qila olmaydi. CHunki reytingni ko'tarish va undan keyin titul janglarini o'tkazish darajasiga etib borishda asosiy rolni promouterlar o'ynaydi.

Federaciyaning ham asosiy vazifalaridan biri mamlakatda kuchli promouterlik kompaniyalarini ko'paytirish.

13 avgust kungi boks kechasi haqida

Bizning federaciya bilan hamkorlik qilayotgan LIFT promouterlik kompaniyasi 13 avgust kuni “Humo Arena”da professionl boks oqshomi tashkil etmoqda. Bu musobaqada uch nafar Olimpiya chempionlari qatnashadi: G'azliddin G'oibnazarov, SHahobiddin Zoirov va Ebert Konseysao.

SHuningdek, bu musobaqada reyting janglaridan tashqari O'rta Osiyo chempionligi. 13 avgustda chorak final bahslari bo'lib o'tadi, yarim final oktyabr oyiga rejalashtirilyapti, final esa dekabrda bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing