So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

25 fev 09:57
Yangiliklar

Qilichbozlik

Xanchjou-2022, Parij-2024: Qilichbozlikning barcha yo'nalishlarida licenziya kutilayotgan emish

Teglar :  Qilichbozlik
Bu haqida MOQ rasmiy sayti xabar berdi.

MOQ rahbariyati Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar bilan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bilan tanishib chiqishda davom etadi. O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bilan shunday rejalar muhokama qilindi.

Mazkur tadbir onlayn formatda MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov tomonidan olib borildi. Unda, shuningdek, federaciya rahbariyatining boshqa mutasaddilari va murabbiylar ham ishtirok etishdi. Xanchjou va Parij musobaqalariga tayyorgarlik bo'yicha federaciya bosh kotibi Gulnora Saidova batafsil gapirib o'tdi. Suhbat davomida MOQ raisi har bir yo'nalishdagi murabbiylar bilan rejalar haqida alohida gaplashdi.

Terma jamoalarimizga o'z sohasining kuchli mutaxassislari jalb qilingan. Bizni hukumatimiz qo'llab-quvvatlayotgan ekan, ular bilan yuksak natijalarga erisha olamiz. Muhtaram Prezidentimiz Yangi O'zbekistonni barpo qilmoqdalar. Biz bunda sport sohasidagi g'alabalarimiz bilan hissa qo'shishimiz lozim. Tushunaman, qilichbozlikda ham Olimpiya o'yinlariga yo'llanma va unda medal olish murakkab. Biroq biz buni birgalikda uddalashimiz kerak”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Har bir yo'nalish murabbiylari suhbatda o'z dasturlari bo'yicha iqtidorli sportchilar bilan ishlash rejasi, Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanmalar kutilayotgani haqida aytib o'tishdi. O'z navbatida, MOQ raisi selekciya ishlarni yanada kuchaytirish, viloyatlardan iqtidorli sportchilarni saralashga alohida etibor qaratish lozimligini takidladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing