So’nggi yangiliklar

18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0

20 okt 19:10
Yangiliklar

Bolalar sporti

Xatirchi tuman BO'SM faoliyati bilan yaqindan tanishamiz

Teglar :  BO'SMXatirchi
Hozirda suzish havzasida 3 nafar oliy malumotli trener (1 nafari ayol) 74 nafar shug'ullanuvchiga mashg'ulot olib bormoqda.

Navoiy viloyati Xatirchi tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi 1976 yil tashkil topgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi 356-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida tumandagi 3-sonli BO'SM, 4-sonli BO'SM, 10-sonli BO'SMlar maqbullashtirilib, Xatirchi tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tashkil etilgan.

Bolalar-o'smirlar sport maktabida maxsus trenerlik ruxsatnomasiga ega 83 nafar trener faoliyat olib boradi. SHundan, 26 nafari oliy malumotli, qolgan 57 nafari esa o'rta-maxsus jismoniy tarbiya mutaxassislari (24 nafari ayollar) sanalishadi. Sport maktabida shug'ullanuvchilar soni 2862 nafar bo'lib, shulardan 730 nafarini qizlar tashkil etadi. Bolalar-o'smirlar sport maktabida 16 ta sport turi mavjud bo'lib, shundan 13 tasi Olimpiya, bittasi milliy va 2 tasi boshqa sport turlaridir.

BO'SMning asosiy bazasida bir kunda 380 nafarga yaqin o'quvchi muntazam stol tennisi, gandbol, erkin kurash, kurash, badiiy gimnastika, shaxmat, qo'l jangi, engil atletika hamda futbol kabi sport turlari bilan shug'ullanadi. Unda barcha qulayliklar mavjud bo'lib, o'quvchilar uchun yuvinish, echinish va kiyinish, hamshiralar xonasi, murabbiylar xonasi, mamuriy boshqaruv xodimlari xonasi, badiiy gimnastika xonasi, trenajyor xonasi mavjud.

BO'SMning bugungi kunda 5 asosiy bazasi mavjud. SHundan, yopiq suzish havzasi alohida o'rin tutadi. Mazkur majmua 11x25 hajmda bo'lib, 2019 yilda rekonstrukciya qilinib, yopiq suzish havzasiga aylantirildi. Unda barcha qulayliklar mavjud bo'lib, shug'ullanuvchilar uchun yuvinish, echinish va kiyinish, murabbiylar uchun maxsus xonalar, hamshiralar xonasi mavjud.

Hozirda suzish havzasida 3 nafar oliy malumotli trener (1 nafari ayol) 74 nafar shug'ullanuvchiga mashg'ulot olib bormoqda. Suzish havzasiga kelayotgan shug'ullanuvchilarning salomatligini nazorat qilish maqsadida doimiy ravishda 1 nafar hamshira masul etib tayinlangan.

Suzish havzasida o'g'il va qizlarga mo'ljallangan barcha qulayliklarga ega echinish va kiyinish, yuvinish, trener-o'qituvchilar, tibbiy va laboratoriya xonalari mavjud. Suzish havzasi yil davomida uzluksiz ishlashi uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, markazlashgan suv taminoti hamda kanalizaciya bilan taminlangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing