So’nggi yangiliklar

16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0 12:21Таллон Грикспор Мальоркани забт этди 0 12:00Жейк Пол - Хулио Сезар Чавес рейтинг жанги тўлиқ давом этди 0 11:39Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди 0 11:18"Жин урсин, бундай бўлмаслиги керак эди" - Дана Уайт Пимблеттнинг октагонга чиққанидан норози 0

19 okt 19:19
Yangiliklar

Yarimmarafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan minglab aholi birlashdi

Teglar :  MarafonPandemiya
Malumki, bugungi pandemiya sharoitida aholini barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning kundalik hayot tarzida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, to'g'ri kun tartibi va shaxsiy gigienaga qatiy amal qilishni har bir yurtdoshimizning hayotiga joriy qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yoshu-qarini sportga oshno etish maqsadida Xorazm viloyatining barcha hududlarida keng ko'lamli jismoniy tarbiya va sport tadbirlari tashkil qilib kelinmoqda. Birgina millionlar o'yini hisoblangan futbol bo'yicha «Futbolimiz kelajagi», «Mahallada futbol», «CHarm to'p», «Hokim kubogi» va «Rahbar kubogi» musobaqalarining tashkil etilishi orqali deyarli barcha yoshdagi aholi qatlamlari ommaviy sport musobaqalariga jalb qilinmoqda.

SHuningdek Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yil 12-18 oktyabr kunlari butun viloyat bo'ylab «Sport haftaligi» tashkil qilindi. Mazkur haftalik doirasida ommaviy badantarbiya mashqlari, «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» loyihasi, sportning o'yin turlari bo'yicha «Tuman hokimi kubogi» musobaqalari, «Milliy sport o'yinlari» festivali, Xotin-qizlar spartakiadalari, velomarafonlar va boshqa ommaviy sport tadbirlari tashkil qilindi. Bundan ko'zlangan maqsad, viloyatdagi yoshu-qari va erkagu-ayolni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilishdan iborat.

Kuni kecha tashkil qilingan ommaviy yurish marafoni «Sport haftaligi» doirasidagi ommmaviy tadbirlarning mantiqiy davomi va chinakam sport bayramiga aylanib ketdi. «Sog'lom hayot sari 5000 qadam» shiori ostida Urganch shahrining Al-Xorazmiy shoh ko'chasida tashkil qilingan ommaviy yurish yarimmarafonida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan 6000 nafardan ortiq aholi qamrab olindi. Yarimmarafoni start chizig'ining oldi qatoridan o'rin olgan velo va moto sportchilar, yosh kartingchilar mazkur ommaviy sport tadbirini yanada ko'tarinki ruhda o'tishida o'z hissalarini qo'shishdi.

Yarimmarafon ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasining oldida tashkil etildi. Yarimmarafonda faol qatnashgan ishtirokchilar orasidan «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yoshi ulug' ishtirokchi», «Faxriy sportchi», «Eng chaqqon ishtirokchi», «Eng irodali ishtirokchi» kabi o'nlab nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanib, ular diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ommaviy yurish bo'yicha yarimmarafonlar viloyatdagi barcha tumanlarda qizg'in davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing