So’nggi yangiliklar

19:09"Octagon 75" турнирининг барча натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 14:01Эдди Хирн: "Эннис — Ортис жанги устида ишлаяпмиз" 0

28 iyu 07:18
Yangiliklar

Xokkey

Yosh xokkeychimiz Salohiddin Azimov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolaydi + FOTO

O'zbek xokkeyining yulduzi bo'lishi kutilayotgan yosh vakilimiz Salohiddin Azimov Rossiyaning “SKA-Yunost” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Hamyurtimizning istedodi taniqli jamoa vakillarining qiziqishiga sabab bo'ldi.

Dastavval, xokkeychimiz haqida gapirib o'tsak. Salohiddin Azimov 2009 yil Toshkentda tug'ilgan. Otasi “Binokor” xokkey klubining sobiq vakili Alisher Azimov bo'lib, 5 yoshidan unga murabbiylik qilib keladi. Salohiddin bir necha kun mobaynida Ekaterinburgning “SKA-Yunost” klubi o'z mashg'ulotlarini o'tkazadigan “Dacyuk arena”da bo'ldi. Mashg'ulot davomida hamyurtimiz rossiyalik taniqli xokkeychi, Olimpiada va jahon chempioni, 2 karra Stenli kubogi sohibi Pavel Dacyuk bilan uchrashib, jahon yulduzidan kerakli tavsiyalarni olishga ham muvaffaq bo'ldi.

Hamyurtimiz bungacha “Binokor” va Qozog'istonning “Striji” klublari safida harakat qilgan edi. Azimov 2018 yil «Striji» safida mamlakat chempioniligini qo'lga kiritgan. Salohiddin yangi mavsumdan Rossiyada o'z mahoratini namoyish etadi.

Azimov “SKA-Yunost”da 88-raqam ostida harakat qiladi. Reglamentga ko'ra, jamoa avval Sverdlovsk viloyati chempionatida, unda sovrindorlar qatoridan joy olgan taqdirda Rossiya chempionatida ishtirok etadi. O'tgan mavsum “SKA-Yunost”ning 2008 yilgi vakillari mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan bo'lib, jamoa bu yil ham chempionlikni asosiy maqsad qilib qo'ygan.

Hozirda Azimov klub tarkibida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va yaqin vaqt ichida jamoa bilan shartnoma imzolaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing