So’nggi yangiliklar

10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0

18 noy 12:01
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston chempionlari aniqlandi

Teglar :  Yunon-rum kurashi
Navoiy shahrida sport kurashlari (yunon-rum, erkin va ayollar kurashi) bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.

Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi mezbonligida o'tayotgan yilning asosiy musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 450 nafar kurashchi mamlakat chempionligi uchun bahslarga kirishadi. 

O'zbekiston chempionatining birinchi kuni yunon-rum kurashi bo'yicha 10 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Kutilganidek, Islomjon Bahromov, Aram Vardanyan, Feruz To'xtaev, Mahmud Baxshilloev, Jalgasbay Berdimuratov, Jahongir Turdiev singari etakchi "klassiklar"imiz o'z vazn toifalarida mamlakat chempionligini qo'lga kiritishdi. Biroz kutilmaganda -55 kg vazn toifasidagi taniqli kurashchimiz Ilhom Bahromov finalda Jasur Ortiqboevga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo'ldi.    

Yunon-rum kurashi. Barcha g'olib va sovrindorlar

55 kg

1. Jasur Ortiqboev (Toshkent viloyati)

2. Ilhom Bahromov (Samarqand)

3. Ixtiyor Botirov (Toshkent viloyati)

3. Javohir Mirahmedov (Sirdaryo)


60 kg

1. Islomjon Bahromov (Samarqand)

2. Muhammadqodir Yusupov (Andijon)

3. Zufar Sohibov (Buxoro)

3. Olloyor Abduqodirov (Namangan)


63 kg

1. Feruz To'xtaev (Buxoro)

2. Javohir Samatov (Navoiy)

3. To'rabek Tirkashev (Qoraqalpog'iston)

3. Kamol Qo'ziev (Buxoro)


67 kg

1. Mahmud Baxshilloev (Buxoro)

2. Mirzobek Rahmatov (Buxoro)

3. Sultonbek Elmuratov (Qoraqalpog'iston)

3. Sobir Kazakbaev (Jizzax)


72 kg

1. Aram Vardanyan (Toshkent shahri)

2. Alijon Xuseynov (Navoiy)

3. SHohruz Uzganboev (Farg'ona)

3. Jamol Jumaboev (Buxoro)


77 kg

1. Samad Idiev (Buxoro)

2. To'lqin Tuev (Buxoro)

3. Jamshid Qo'ziev (Qashqadaryo)

3. Abduqodir Jalilov (Toshkent shahri)


82 kg

1. Jalgasbay Berdimuratov (Qoraqalpog'iston)

2. Behzod Umarov (Navoiy)

3. Abror Mamirov (Andijon)

3. Muhammadqodir Rasulov (Farg'ona)


87 kg 

1. Ergali Ayximbaev (Toshkent viloyati)

2. Ozod Qo'chqorov (Samarqand)

3. Mironshoh Sultonov (Xorazm)

3. Aziz Nematov (Farg'ona)


97 kg

1. Jahongir Turdiev (Qashqadaryo)

2. Atxam O'razaliev (Toshkent viloyati)

3. Abror Nurmuhammedov (Toshkent shahri)

3. Temur Nasimov (Samarqand)


130 kg

1. Suhrobjon Fattoev (Navoiy)

2. Daler Rahmatov (Farg'ona)

3. Dilshod Hakimov (Samarqand)

3. Temur O'rinboev (Qashqadaryo)

  

O'zbekiston Sport kurashlari associciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing