So’nggi yangiliklar

16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0 13:50Спорт вазири Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини намунали ташкил этишга доир тақдимот билан танишди 0 13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0

27 avg 14:52
Yangiliklar

Tadbirlar

Yurtimizda ilk bor Osiyoning 14 mamlakati mutaxassislari uchun seminar tashkil etiladi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) va O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamkorligida katta masshtabdagi o'quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Noyabr oyida bo'lib o'tadigan tadbirda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining 14 davlatidan tashrif buyuradigan murabbiy va hakamlar ishtirok etishadi.

SHu kunlarda seminarning tashkiliy jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida OOK mutasaddilari poytaxtimizda mehmon bo'lib turishibdi. MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov mehmonlarni qabul qilib, tadbirni yuqori saviyada o'tkazish masalalari bo'yicha suhbatlashdi.

Oybek Omilovich uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda Olimpiya harakati va sog'lom turmush tarzi targ'ibotini qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan etibor xususida alohida to'xtalib, bu kabi seminarlar xalqaro tajriba almashish uchun muhim platforma bo'lishini takidladi.

Rejaga muvofiq, o'quv kurslari dzyudo, og'ir atletika, boks, suzish va sport kurashlari bo'yicha o'tkaziladi. Darslarda tinglovchilarga yuqorida sanab o'tilgan sport turlarining xalqaro federaciyasidan katta tajribaga ega ekspertlar jalb etiladi. Mutaxassislar 5 kun mobaynida trenerlar uchun sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlashdagi zamonaviy metodika, hakamlar uchun har bir sport turidagi qoidalarga kiritilgan so'ngi o'zgarishlar haqida o'z bilimlarini berishadi.

Bu loyiha OOK tomonidan ikkinchi bor o'tkazilmoqda. Dastlabki seminar G'arbiy Osiyo mintaqasi vakillari uchun Quvaytda tashkil etilgan bo'lib, Toshkentda 2 mintaqaning 14 davlati ishtirokida bo'lib o'tadigan kursda 300 nafarga yaqin mutaxassis qatnashishi kutilmoqda. Suhbat davomida mehmonlarni kutib olish, viza, transport-logistika tizimida ularga barcha qulayliklarni yaratish bo'yicha atroflicha fikrlar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing