So’nggi yangiliklar

13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0

03 noy 10:32
Yangiliklar

Boshqalar

Yurtimizda kriket turniri iliq qarshi olindi

Teglar :  PoloToshkent
O'tgan haftaning dam olish kunlari mamlakatimiz sportida etiborli voqeliklar ro'y bergani bilan yodimizda qolmoqda.

Kun davomida yurtimizda polo bo'yicha dastlabki musobaqa o'tgani haqida xabar bergan edik. SHuningdek, hafta yakunida mamlakatimizga yangi kirib kelgan sport turlaridan biri kriket bo'yicha ham ilk turnir o'tkazildi.

Yurtimizda kriket federaciyasining tashkil topganiga ko'p vaqt bo'lmadi. Qisqa fursat ichida 2 nafar murabbiyimiz Hindistondagi kriket akademiyasida tahsil olib qaytishdi va hozir yurtimiz yoshlari bilan bilimlarini ulashmoqdalar. Hozirgi kunda mamlakatimizda “Barlos” va “Afrosiyob” kriket jamoalari faoliyati boshlangan. Kecha ushbu jamoalar “ANFA TASHKENT T20” musobaqasi doirasida kuch sinashishdi. Bellashuvni Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston kriket federaciyasi mutasaddilari ham kuzatib borishdi. Aytish mumkinki, ushbu kriket musobaqasi yig'ilgan mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. Dastlabki o'yinda “Barlos” jamoasining qo'li baland keldi.

Malumot uchun, O'zbekiston kriket federaciyasi O'zbekiston Respublikasi hududida kriket sport turini rivojlantirish va ommalashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida kriket bo'yicha sportchilar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash hamda kriket sporti bo'yicha musobaqalar o'tkazish faoliyatini amalga oshirib kelayotgan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tan olingan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. O'zbekiston kriket federaciyasi 2019 yil 29 noyabrda tashkil etilib, Adliya vazirligidan 910-sonli Guvoxnoma bilan ro'yxatdan o'tgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing