So’nggi yangiliklar

23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0 15:50Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэ билан жанги Ўзбекистонда кўрсатиладими? 0 15:29Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди 0 15:08Дана Уайт Оқ уйдаги турнир ҳақида: "Биз Трампга барчасини кўрсатдик" 0 14:47Кроуфорд Мадримов билан оғир ўтган жанги ҳақида: "Канело ҳам охирги жангида шоу кўрсатгани йўқ" 0

22 mar 08:25
Yangiliklar

Futbol

Zlatan Ibragimovich 41 yoshida terma jamoaga chaqirilgani munosabat bildirdi

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich milliy termadan chaqiruv olgani haqida gapirdi.

Futbolchi hali hamon faoliyatini yakunlash niyatida emas.

- Ketish shunchaki oson bo'lmaydi. Ammo men uchun bu yakun emas.

Men bu erda farqni ko'rsatish uchun yurganim yo'q. Yoshim haqida gapirishni istamayman. Meni tugagan deyayotganlar uchun hali isbotlashni istayotgan narsalar bor. Ular hulosasi xato ekanligini ko'rsatmoqchiman.

So'nggi 14 oy mobaynida 3 ta jarrohlik amaliyotini o'tkazdim. Holatim umuman yaxshilanmagan vaqtlar ham bo'ldi. Ko'zim faqat qorong'ulikni ko'rdi, yo'l oxiridagi yorug'lik yo'q edi. Sekin-sekin tizzam yaxshilanib bordi.

- Taslim bo'lish haqida o'ylamadingizmi?

- Yo'q, hech qachon taslim bo'lmayman. Bu menga adrenalin beradi. Xatto jurnalistlar ham meni egoistlikda ayblaydi, biroq men unday emasman. Aksincha Sizlar menga yordam berdingiz va bu davom etadi. Ich-ichimdan menga shubxa ko'zi bilan qarayotganlarga xato qilganligini ko'rsata olaman.

A Seriyada gol urgan eng qari futbolchi bo'lganim borasida ko'plab tabriklar oldim. Lekin menga yoshga atalgan rekordlar kerak emas. Qanday bo'lsam, shunday bo'lib qolaman. Biroq yoshim bo'yicha savollar bir umr berilaveriladi.

- 41 yoshda termadasiz, demak, savollar tabiiy.

- Kecha jamoaviy kechki ovqatda yigitlarga shunday dedim: "Menimcha, Sizlar meni axmoq deb, bu yoshda bu erda nima qilayapti deb o'ylayapsizlar. Biroq hali vaqtlar o'tib, Siz ham futbolni yakunlash yoshiga kelganida tizzangiz qaltirashni boshlaydi va tugatig qo'rqinchli holatga aylanadi. Demak, hozirgi hayotingizdan zavq oling, - dedi Ibragimovich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing