05 jan 15:16
Yangiliklar
Xokkey

Xokkey bo'yicha jahon chempionatida finalchilar aniqlandi
Kanadaning Ottava shahrida o'tkazilayotgan xokkey bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida finalga chiqqan terma jamoalar malum bo'ldi.
O'z tarixida 49-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligining 1/2 finalida AQSH terma jamoasi CHexiyani ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 4:1. Geyb Perro, Oliver Mur, Koul Ayzerman va Rayan Leonard tomonidan kiritilgan shaybalarga chexlardan Yakub SHtancl bitta aniq zarba bilan javob qaytardi.
Endi AQSH terma jamoasi jahon chempionligi uchun Finlyandiyaga qarshi muzga chiqadi. Finlar ikkinchi 1/2 final juftligida SHveciyani overtaymdagi gol evaziga 4:3 hisobida mag'lub etdi. Final uchrashuvi 6 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Bugun tunda esa CHexiya va SHveciya terma jamoalari o'zaro o'yinda bronza medal egasini aniqlab olishadi.
Havola :
Manba : championat.com
O’xshash yangiliklar
15:42
Boks bo'yicha erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz Ozarbayjondagi xalqaro musobaqada qatnashadi 0
Fikrlar