So’nggi yangiliklar

19:23Аманда Нунес жамоасида Кайла Харрисонга қарши жанг санаси маълум қилинди 0 19:02Дзюдочиларимиз "Jenys" таркибида Континентал Лиганинг "Шарқ" дивизиони ғолиби бўлишди 0 18:41"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go! 0 18:20Разамбек Жамалов UFC'дан таклиф бўлганини айтди 0 17:59Абдул-Раҳмон Яҳёевга UFC`да дебют жанг берилди 0 17:38Ўзбекистонлик ёш фигурали учувчи Туркия Гран-присида иштирок этди 0 17:1739 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди 0 16:56Проф боксда амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони илк ҳимоя жангини ўтказади 0 16:35Академик эшкак эшувчиларимиз икки ёш тоифасидаги қитъа биринчилигида 7 та медалга эга чиқишди + ФОТО 0 16:14Муроджон Аҳмадалиевнинг бугунги очиқ машғулотидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:53Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go! 0 15:32Велотрекчиларимиз Осиё кубогида 11 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 15:11Карлос Алькарас — 13 "Катта Дубулға" турнирлари 1/4 финалига чиққан энг ёш теннисчи! 0 14:50Майрис Бриедис Усик учун икки хавфли жангчини тавсия қилди 0 14:29Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда 0

26 may 13:20
Yangiliklar

Xokkey

AQSH xokkey terma jamoasi 65 yildan keyin yana Jahon chempionati shohsupasida

SHveciya hamda Daniyada 16 kun davom etgan xokkey bo'yicha erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionatining elita divizionidan o'rin olgan bellashuvlar nihoyasiga etdi.

Musobaqaning final uchrashuvida AQSH terma jamoasi SHveycariyaga qarshi muzga chiqib, Teyj Tompsonning overtaymda kiritgan shaybasi evaziga g'alaba qozondi.

Bu amerikaliklarning 65 yillik tanaffusdan keyin qo'lga kiritgan ilk Jahon chempionligiga aylandi. SHveycariya terma jamoasi esa ketma-ket ikkinchi marotaba elita divizion finalida mag'lub bo'ldi.

Qayd etish joiz, AQSH termasi musobaqada eng yosh tarkib bilan qatnashdi. Ularning tarkibida to'rt nafar universitet talabalari ham mavjud edi. Final o'yini SHveycariya sardori Andreas Ambyul uchun faoliyatidagi so'nggi o'yin bo'ldi. Ambyul Jahon chempionatlarining rekordchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida jami 20 ta dunyo birinchiligida ishtirok etib, 151 ta o'yinda muzga chiqqan.

Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda SHveciya Daniyani 6:2 hisobida ishonchli tarzda engdi.

Jahon chempionati-2025ning yakuniy turnir jadvali: 

1. AQSH

2. SHveycariya

3. SHveciya

4. Daniya

5. Kanada

6. CHexiya

7. Finlyandiya

8. Avstriya

9. Germaniya

10. Latviya

11. Slovakiya

12. Norvegiya

13. Sloveniya

14. Vengriya

15. Qozog'iston

16. Franciya.

Keyingi Jahon chempionatining elit divizion bahslari endi 2026 yilning 15-31 may kunlari SHveycariyada bo'lib o'tadi. Quyiga tushgan Qozog'iston va Franciyaning o'rnini turnirda Italiya va Buyuk Britaniya terma jamoalari egallaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing