So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

11 iyu 13:03
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

11 kilometrlik xavfsiz hudud. UFC "Janglar oroli"ni qanday qilib eng xavfsiz hududga aylantirdi?

Teglar :  UFCJanglar oroli
Xabar berganimizdek, ertaga tongda BAAning Yas orolida UFCning ilk kechasi bo'lib o'tadi.

"Janglar oroli"da jami to'rtta turnir o'tkaziladi. Bu turnirlarda muxlislar bir-birdan qiziqarli hamda chempionlik janglarini tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Hozirda butun dunyo pandemiya sababli qiyinchilikka uchrayotgan bo'lishiga qaramay, UFC oxirgacha bordi va mukammal xavfsizlik hududini yaratishga erishdi.



11 kilometrlik xavfsiz hudud 11-26 iyul kunlari oralig'ida UFC qaramog'ida bo'ladi. Bu erda ishlaydigan har bir xodim 19 iyun kuni olib kelingan va ularning barchasi 14 kunlik karantinga joylangan. Bu vaqt oralig'ida barcha uch marta koronavirusga test topshirgan. SHuningdek, "Janglar oroli"ni barpo etish uchun jami 740 nafar ishchi ishladi, ular barchasini bitirib bo'lishganidan so'ng oroldan chiqarib yuborildi. Orolni Abu-Dabi policiyasi uzluksiz ravishda qo'riqlamoqda. Orolga ro'yxatga olinmagan hech bir insonning kirishga imkoni yo'q. Iyuldan boshlab "Janglar oroli"ga UFC jangchilari va ularning shtabi kiritila boshlandi. Orolga kirishdan 48 soat avval tashrifchilar test topshiradi va "toza" chiqqanlargina orolga kiritiladi. Janglar “Flash Forum” saroyida bo'lib o'tadi. Bu erda har bir personal uchun mukammal sharoit yaratib berilgan. Dezinfekciya ishlari uchun innovacion yo'laklar tashkil etilgan va bu yo'lak virusni 99 foizga yo'q qilish imkoniga ega. Har bir xonada sportchi shug'ullanish va dam olishi uchun to'liq sharoitlar bor.

Tashkilotchilar oktagon hududiga ham jiddiy etibor qaratishgan. Oktagon ochiq joyda bo'lgani sababli, eng yangi texnologiyali kondicioner o'rnatilgan va uning yordamida oktagon atrofi salqin holga keltirilgan. SHuningdek, har bir bahs oldidan dezinfekciya ishlari amalga oshiriladi. Sportchilar mashg'ulot olib borishlari uchun "Janglar oroli"da yana bitta oktagon qurilgan va u erda ham har bir sportchi bilan mashg'ulotidan so'ng tozalash ishlari olib boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing