So’nggi yangiliklar

12:04Инфантино ЖЧ иштирокчилари сони борасида қарор қабул қилди 0 11:28Ислам Махачев Хабиб билан самбо қоидалари бўйича кўргазмали беллашув ўтказишга тайёрми? 0 10:42Бектемир Мелиқўзиев рақибини нокаутга учратди 0 10:07Самбочиларимиз Жаҳон чемпионатининг биринчи куни 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Фабио Каннаваро: “Ҳақиқий лидерни жамоанинг ўзи танлайди” 0 09:05"Лаънати Конор". Сехудо UFC`ни Макгрегор билан шартномани узайтирмасликка чақирди 0 08:34ONE чемпиони Ислам Махачевни адабини бериб қўймоқчи 0 08:03Карлос Пратес Ислам Махачев билан жанг учун сўнгги муддатни белгилади 0 07:32Фабио Каннаваро: “Илгари муаммолар кийиниш хонасида ҳал қилинарди, ҳозир эса...” 0 07:01UFC Fight Night 293 тарози натижалари. Асосий жанг иштирокчиси рақибидан 10 кг оғир чиқди 0 20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0

21 sen 07:03
Yangiliklar

Futbol

"11 kishi 9 kishiga qarshi o'ynaganini tasavvur qilib ko'ring". Mourinyu - "Real"ning "Atletiko"ga qarshi o'yini haqida

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu La Liganing 7-turidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi kechgan o'yindagi (1:2) mag'lubiyatdan so'ng "qaymoqranglilar" himoyachisi Din Xyoysenning chetlatilishi va hakamlik qarorlari yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi va unda Migel Anxel Ortis Arias bosh hakam sifatida ishladi.

"Xyoysenning qizil kartochkasiga keladigan bo'lsak, tan olishim kerak, men vaziyatni hali qayta ko'rmadim. Xulosa chiqarish uchun hodisa mendan juda uzoqda sodir bo'ldi. Kiyinish xonasida menga fol jarima maydonchasidan tashqarida boshlanganini aytishdi. Agar shunday bo'lsa, bu fol, qizil kartochka va hisob 0:0. Agar jarima maydoni ichida bo'lsa — bu penalti, agar futbolkadan ochiqchasiga ushlab tortilgan bo'lsa, bu ham qizil kartochka.

Ammo bularning barchasi ikkinchi bo'limda sodir bo'ldi. Birinchi bo'limda esa biz 11 kishi 9 kishiga qarshi o'ynagan derbi haqida gapirgan bo'lar edik. Ikkinchi bo'limda esa — 11 kishi 10 kishiga qarshi. Futbolchilarga kurashish qanchalik og'ir bo'lgani va ular bor kuchlarini berishgani ko'rinib turdi. 11 kishi 9 kishiga qarshi o'ynaganida nima bo'lishini tasavvur qilib ko'ring — futbolda mo'jizalar bo'lmaydi va hammasi qanday yakunlanishini oldindan taxmin qilish qiyin emas. Ammo men Dinning qizil kartochkasini hali ko'rganim yo'q", — dedi Mourinyu "Real"ning rasmiy saytiga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing