18 mar 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"12 raundga 35 million va 6 raundga 100 million". Meyvezer nima uchun ko'rgazmali janglarda ishtirok etishini tushuntirdi
Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer nima sababdan bloger Logan Polga qarshi jang qilishga rozilik berganini tushuntirdi.
"Men hozir ham bitta bokschiga qarshi o'n ikki raundlik jangda ishtirok etib, 35 million dollar, balki 50 million ishlab olishim mumkin. Biroq men Loganga qarshi 6 raundlik jang o'tkazib, 100 million dollar topaman. Men o'yin kulgi va zavqni afzal ko'raman. Bizning jang olti raundlik bo'ladi. 12 raundga 35 million bilan 6 raundga 100 million o'rtasida farq katta", - dedi Floyd.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar