05 avg 15:49
Yangiliklar
Tennis

18 yoshli Mboko faoliyatida ilk bor WTA turniri 1/2 finaliga chiqdi
Kanadaning Monreal shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
WTA reytingida 85-pog'onada borayotgan kanadalik tennischi Viktoriya Mboko 1/4 finalda dunyoning 51-raketkasi ispaniyalik Jessika Busas Maneyrodan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/4, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Mboko 3 ta eys va 5 ta breykni amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. 18 yoshli Mboko faoliyatida ilk bor WTA turnirining 1/2 finalida o'ynaydi. U ushbu bosqichga etib kelgan ikkinchi kanadalikka ham aylandi. Mbokodan avval bu natijaga Belinda Benchich erishgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar