08 iyu 13:48
Yangiliklar
Tennis

18 yoshli Mirra Andreeva faoliyatida ik bor Uimbldon 1/4 finaliga chiqdi
London shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning ettinchi raketkasi Mirra Andreeva musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik 18 yoshli iqtidor egasi 1/8 finalda WTA reytingida 10-o'rinni egallab turgan amerikalik Emma Navarroga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/2, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Etmish besh daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 2 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Andreeva faoliyatida o'ninchi marotaba Top-10 reytingidagi raqibasini taslim etdi. Endi u yarim final chiptasi uchun shveycariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar