29 mar 09:28
Yangiliklar
Tennis
19 yoshli dunyoning birinchi raketkasi chempionlik himoyasini davom ettirmoqda
AQSHning Mayami shahri mezbonligida o'tayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning birinchi raketkasi, amaldagi musobaqa g'olibi Karlos Alkaraz 1/4 final ishtirokchisiga aylandi. Ispaniyalik 19 yoshli tennischi nimchorak finalda ATP reytingida 19-pog'onada borayotgan amerikalik Tommi Polni 6/4, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Bir soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 3, Pol esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Karlos Miami Open turnirining 1/4 finalida boshqa bir AQSH vakili Teylor Fritcga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar