03 jan 16:07
Yangiliklar

20 yanvar kuni Vetnamda 3 nafar bokschimiz ringga chiqadi
Vetnamning Xo SHi Min shahrida joylashgan "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan WBA Asia kamari sohibi Husniddin Po'latov, Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek SHermatov 20 yanvar kuni Xo SHi Min shahrida o'tkaziladigan boks kechasida ringga chiqishadi. Hozirda ular yosh Boburmirzo Najmiddinov qo'l ostida tayyorgarlik qilib borishmoqda.
Ravshanbek SHermatov (2-0) indoneziyalik Valdo Sabuga (13-13) qarshi ringga chiqadi. Abdurasul Ismoilov (2-0) esa filippinlik Jaime Barcelona (41-63-1) bilan jang qiladi. Kechaning asosiy jangi Husniddin Po'latov (6-3) va filippinlik Rodel Venceslao (13-16-2) o'rtasida kechadi. Mazkur jangda hamyurtimiz WBA Asia kamarini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, boks kechasi 20 yanvar kuni Vetnamning Xo SHi Min shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar