16 noy 12:02
Yangiliklar
20 yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytgan Mayk Tayson bugungi mag'lubiyatiga izoh berdi
Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson hamda bloger-bokschi Jeyk Pol o'rtasida o'tkazildi. Ikki daqiqadan sakkiz raund to'liq davom etgan jangda 27 yoshli Pol 58 yoshli Taysonni ochkolar (79-73, 79-73, 79-73) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Jangdan keyin afsonaviy Tayson o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun ko'rsatgan jangimdan nafaqat xursandman, balki baxtiyorman. Qiyin jang. Raqibim ham yaxshi jang ko'rsatdi va o'ylaymanki, u muxlislar olqishiga loyiq", — dedi Temir Mayk.
Eslatib o'tamiz, Mayk Tayson prof ringdagi so'nggi jangini deyarli 20 yil oldin, 2005 yilning iyun oyida irlandiyalik Kevin Makbraydga qarshi o'tkazib, kutilmaganda yutqazib qo'ygandi. Uning hisobida 50 g'alaba (44 nokaut) va 7 mag'lubiyat bor.
Fikrlar