So’nggi yangiliklar

18:01"Реал" "Ливерпуль"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради 0 17:40Тайсон Фьюри: "Камарлар яна меники бўлади" 0 17:19Умар Двалишвилининг Ян билан жанг қилиш истаги ҳақида — "Ҳайрон қолмадим" 0 16:58Шавкат Раҳмонов октагонга чиқадиган UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум 0 16:37Футбол тарихидаги энг яхши 10 нафар сардор 0 16:16Қозоғистон бокс терма жамоаси мураббийи: "Асосий рақиб - Ўзбекистон!" 0 15:55Мераб Двалишвили: "Петр Ян энг муносиб даъвогар!" 0 15:34Тошкентда ўтадиган Octagon 68 турнирининг марказий жанги эълон қилинди 0 15:13Сервер Жепаров нима учун Европада ўйнаш насиб қилмаганини тушунтирди + ВИДЕО 0 14:52Бивол - Бетербиев реванш жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 14:31Ёш стол теннисчиларимиз жаҳон чемпионатида иштирок этишмоқда 0 14:10"Қанақа одамсан?" Двалишвили Умар Нурмагомедовга жавоб қайтарди 0 13:49Дебют ўйинида "Ипсвич"ни юта олмаган МЮ бош мураббийи Аморим нималар деди? 0 13:28Prezident Kubogi. Бироздан сўнг Нодирбек Абдусатторов дербида пешқадамга қарши партияни бошлайди 0 13:07Янник Синнер Рожер Федерернинг рекордини такрорлади 0

01 jan 16:01
Yangiliklar

Dzyudo

2019 yilgi sport mavsumi O'zbekiston dzyudochilari uchun qanday keldi?

Dekabr oyining so'nggi kunlari barcha sohalarda yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilishga odatlanganmiz.

Jumladan, sportda ham xuddi shunday rusum, odat bor. O'tgan 2019 yilgi sport mavsumi dzyudochilarimiz uchun ham omadli keldi. Sportchilarimiz Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning yillik taqvim rejasidan o'rin olgan musobaqalarda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi. O'smir va yoshlarimiz kattalarga munosib davomchi sifatida o'sib kelayotganliklarini amalda isbotlashdi. Murabbiylarimiz xorijda o'z malakalarini oshirib qaytishdi. Hakamlarimiz jahon va Osiyo chempionatlari, “Masters”, “Katta Dubulg'a”, Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlarda muvaffaqiyatli ishlashdi. 

SHubhasiz, 2019 yilning eng asosiy musobaqasi Tokio shahrida o'tkazilgan Jahon chempionati bo'ldi. Dzyudo vatani mezbonlik qilgan musobaqa shu kungacha o'tkazilgan deyarli barcha jahon rekordlarini yakunladi. Biz uchun ahamiyatlisi, -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHarofiddin Lutfullaev finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal sohibiga aylandi. Jahon chempionatiga reyting peshqadami sifatida borgan surxondaryolik polvon finalga qadar yaponiyalik va boshqa kuchli raqiblarini mag'lub etishning uddasidan chiqdi. 

Poytaxtimizdagi ko'p tarmoqli, muhtasham “Humo Arena”da o'tgan Toshkent Gran-prisi esa alohida mavzu. Musobaqaga tashrif buyurgan ellikdan ziyod davlat vakillari yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa va bevosita arenaning o'ziga alo baho berishdi. Xalqaro dzyudo federaciyasi mutasaddilari Toshkent jahon chempionatini o'tkazish uchun tayyor ekanligini etirof etishdi. 

Xullas, tarix sahifalariga aylanib ulgurgan 2019 yilda eslashga, aytishga arzigulik muvaffaqiyatlar etarlicha bo'ldi. Quyida terma jamoamiz azolarining so'nggi 12 oy ichida qo'lga kiritgan yutuqlariga nazar tashlaymiz. 

YANVAR

24-26 yanvar, Tel-Aviv Gran-prisi. Eng yaxshi natijamiz - 5-o'rin bo'ldi


FEVRAL 

2-3 fevral, Toshkent. Yoshlar o'rtasida Nikolay Qo'ldoshev xotirasiga bag'ishlangan 10-xalqaro turnir

9-10 fevral, Parij. “Katta Dubulg'a” turniri. Musobaqada dzyudochilarimiz ishtirok etmadi

22-24 fevral, Dyusseldorf. “Katta Dubulg'a” turniri. Eng yaxshi natijamiz 7-o'rin bo'ldi

23-24 fevral, Boku. Cadet international tournament U 18 turniri 

Oltin: Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg)

Oltin: Islombek Ravshanqulov (+90 kg)

Oltin: SHukurjon Aminova (-57 kg)

Oltin: Irisxon Qurbonboeva (-70 kg)

Bronza: Samandar Toshboev (-66 kg)

Bronza: Xosiyat Hasanboev (-44 kg)


MART

8-10 mart, Marrakesh. Marokash Gran-prisi. Umumjamoa hisobida 2-o'rin!

Oltin: SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg)

Oltin: Sardor Nurillaev (-66 kg)

Bronza: Hikmatulloh To'raev (-73 kg)

Bronza: Muhammadkarim Hurramov (-100 kg)

15-17 mart, Ekaterinburg. “Katta Dubulg'a”. Eng yaxshi natijamiz - 3-bosqich. 

29-31 mart. Tbilisi. Gran-pri 

Bronza: SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg)

Bronza: Muhammadkarim Hurramov (-100 kg)


APREL 

5-7 aprel, Antaliya. Gran-pri

Kumush: Kemran Nurillaev (-60 kg)

12-15 aprel. Toshkent. O'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo Kubogi. Umumjamoa hisobida 1-o'rin!

20-22 aprel, Fujayra. Kattalar o'rtasida Osiyo/Okeaniya chempionati

Oltin: Diyora Keldiyorova (-52 kg)

Kumush: SHarofiddin Boltaboev (-81 kg)

Kumush: Gulnoza Matniyazova (-70 kg)

Bronza: Hikmatulloh To'raev (-73 kg) 

Bronza: Muhammadkarim Hurramov (-100 kg)


MAY

May oyining birinchi o'n kunligida Yaponiyada yig'in o'tkazildi

10-12 may, Boku. “Katta Dubulg'a” turniri. Eng yaxshi natijamiz - 5-o'rin (Muhriddin Tilovov -66 kg).

14-17 may, Termiz. O'zbekiston Kubogi

18-20 may, Orenburg. European Judo Cup Orenburg 2019

Oltin: Alisher Yusupov (+100 kg)

Bronza: Muso Sobirov (-81 kg)

27-30 may, Samarqand. O'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati


IYUN

14 iyun. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ)ning 35-Bosh Assambleyasida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov MOQ vice-prezidenti etib saylandi

17 iyun kuni CHechenistonning Grozniy shahrida terma jamoamizning o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi

20-21 iyun, Krasnoyarsk. V.N.Gulidov xalqaro xotira turniri

Oltin: Gulnur Muratbaeva (-48 kg)

Bronza: Nilufar Ermaganbetova (-57 kg)

IYUL

1-6 iyul, Alikante. Terma jamoamiz Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdi

3-14 iyul. Neapol. Butunjahon yozgi Universiada

Bronza: Diyora Keldiyorova (-52 kg)

Bronza: Hikmatulloh To'raev (-73 kg)

Bronza: Davlat Bobonov (-90 kg)

Bronza: Muhammadkarim Hurramov (+90 kg)

12-14 iyul, Budapesht. Vengriya Gran-prisi

Bronza: SHahram Ahadov (-66 kg)

Bronza: Hikmatulloh To'raev (-73 kg)

14 iyul. Azizjon Kamilov Budapeshtda IJF prezidenti Marius Vizer bilan uchrashdi

19 iyul. Aktau. Kattalar o'rtasida Osiyo Ochiq chempionati

Bronza: Doston Meyliev (-90 kg)

26-28 iyul, Zagreb, Xorvatiya. Gran-pri

Oltin: SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) 

Bronza: Alisher Yusupov (+100 kg)

AVGUST 

16-24 avgust, Maydzuru. Terma jamoamiz Jahon chempionati oldidan Yaponiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdi

25-31 avgust, Tokio. Yaponiyada Jahon chempionati bo'lib o'tdi

Kumush: SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg)

26 avgust. Azizjon Kamilov Tokioda Yaponiya milliy olimpiya qo'mitasi hamda dzyudo federaciyasi prezidenti Yasuxiro Yamasita bilan uchrashdi


SENTYABR

20-22 sentyabr, “Humo Arena”. Toshkent Gran-prisi. Umumjamoa hisobida 2-o'rin!

Oltin: Hikmatulloh To'raev (-73 kg)

Oltin: SHarofiddin Boltaboev (-81 kg)

Kumush: Kamoliddin Rasulov (-81 kg)

Kumush: Gulnoza Matniyazova (-70 kg)

Kumush: Bekmurod Oltiboev (+100 kg)

Bronza: Diyorbek O'razboev (-60 kg) 

Bronza: Sardor Nurillaev (-66 kg)

24 sentyabr, Toshkent. O'zbekiston dzyudo federaciyasi tashabbusi bilan qisqa fursat ichida bunyod etilgan yangi va shu bilan birga zamonaviy sport zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

26-30 sentyabr, Almati. Kadetlar o'rtasida Jahon chempionati

Bronza: Sobirjon Karimov (-55 kg)

OKTYABR

7-10 oktyabr, Buxoro. O'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi

12-24 oktyabr, Marokash. Yoshlar o'rtasida jahon chempionati. Eng yaxshi natijamiz - 5-o'rin (Dilshodbek Yo'ldoshev, -66 kg)

24-26 oktyabr, Abu-Dabi. “Katta Dubulg'a” turniri

Bronza: Diyorbek O'razboev (-60 kg)

Bronza: Hikmatulloh To'raev (-73 kg)

Uxan, Xitoy. Butunjahon Armiya o'yinlari

Oltin: Artyom SHturbabin (-66 kg)

Oltin: Hikmatulloh To'raev (-73 kg)

Kumush: Muhriddin Tilovov (-66 kg)

Kumush: Bekmurod Oltiboev (+100 kg)

Bronza: Diyora Keldiyorova (-52 kg)

Bronza: Gulnoza Matniyazova (-70 kg)

28 oktyabr. O'zbekistonning barcha viloyatlarida butun dunyoda bo'lgani kabi Butunjahon dzyudo kuni keng nishonlandi


NOYABR

Noyabr oyining ilk o'n kunligida Yaponiyaning Tokio shahrida murabbiylar uchun xalqaro seminar o'tkazildi. Unda o'zbekistonlik istedodli murabbiy Muhammad Behzod Baxtiyorov ham ishtirok etdi

22-24 noyabr, Osaka. “Katta Dubulg'a” turniri

Kumush: Davlat Bobonov (-90 kg)

Bronza: Alisher Yusupov (+100 kg)

DEKABR 

3-5 dekabr, Toshkent. Poytaxtimizda kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'tkazildi

5 dekabr. Azizjon Kamilov Vengriyaning Budapesht shahrida IJF prezidenti Maruis Vizer bilan uchrashdi 

6 dekabr. Azizjon Kamilov Rim shahrida Italiya sporti mutasaddilari bilan muzokara o'tkazdi

6-10 dekabr. Terma jamoamiz Yaponiyaning Osaka shahrida yangi bosh murabbiy Ilias Iliadis boshchiligida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdi 

12-14 dekabr, Cindao. “Masters” turniri

Bronza: SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg)

Bronza: Diyora Keldiyorova (-52 kg)

17 dekabr. Olimpiada chempioni Ilias Iliadis O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan shartnoma imzoladi va endi aynan u terma jamoamizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlaydi

Terma jamoamiz 2019 yilgi mavsumni Gruziyaning Bakuriani shahrida o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini bilan yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing