26 fev 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

2024 yil eng ko'p haq to'langan Top-10 sportchisi elon qilindi
Dunyoga mashhur Sky Sports nashri 2024 yilda eng ko'p pul ishlab topgan sportchilar o'ntaligini tuzib chiqdi.
Ushbu ro'yxatdan ikki bokschi ham joy oldi. Superog'ir vaznda sobiq WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyuri hamda uchta asosiy kamar sohibi bo'lib turgan ukrainalik Aleksandr Usik Top-10 ro'yxatiga kiritildi.
Nashr malumotiga ko'ra, Fyuri 2024 yilda 146,1 mln, simferopollik 38 yoshli Usik esa 120,9 mln AQSH dollari ishlab olgan. Ikki bokschi 2024 yilning 18 may hamda 22 dekabr kunlari o'zaro ikkita jang o'tkazishdi. Ar-Riyodda o'tgan har ikki jangda ham Usik g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar