17 jan 12:39
Yangiliklar
2025 yilda eng ko'p maosh olgan sportchilar Top-30`taligi elon qilindi
Ushbu ro'yxatni portugaliyalik Krishtianu Ronaldu boshqarib turibdi. Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi etakchisi 2025 yilda 260 million dollar maosh olgan. Bu summaga futbolchining reklama va hamkorlardan oladigan puli kiritilmagan.
Ro'yxatning ikkinchi pog'onasidan meksikalik bokschi Saul "Kanelo" Alvares 137 mln dollar bilan joy olgan. Argentinalik afsona Lionel Messi kuchli uchlikda - 130 mln.
Ro'yxatning Top-30`taligida Saul Alvaresdan tashqari faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan amerikalik Terens Krouford (#21, maoshi — $ 66 mln), yaponiyalik Naoya Inoue (#25, maoshi — $ 62 mln) va amerikalik bloger-bokschi Jeyk Pol (#30, maoshi — $ 60 mln)ni ko'rish mumkin.
2025 yilda eng ko'p maosh olgan sportchilar Top-10:
1. Krishtianu Ronaldu (futbol) - 260 mln.
2. Saul Alvares (boks) - $137 mln.
3. Lionel Messi (futbol) - 130 mln.
4. Xuan Soto (beysbol) - $129,2 mln.
5. Lebron Jeyms (basketbol) - $128,7 mln.
6. Karim Benzema (futbol) - 115 mln.
7. Stefen Karri (basketbol) - $105,4 mln.
8. Syoxey Otani (beysbol) - $102,5 mln.
9. Kevin Dyurant (basketbol) - 100,8 mln.
10. Jon Ram (golf) - $100,7 mln.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2024 yilda ham xuddi shunday maosh bilan ushbu reytingda etakchilik qilgandi. Ikkinchi o'rinni Stefen Karri (153,8 million dollar) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni boks afsonasi Tayson Fyuri (147 million dollar) yakunlab bergandi.

Fikrlar