21 apr 07:53
Yangiliklar
2026 Oeiras Ladies Open. Kudermetova asosiy davraga yo'l oldi
Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova ham ishtirok etdi. Saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz 1/2 finalda portugaliyalik Beatriz Kastroni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgandi - 6/1, 6/1.
Polina saralashning final uchrashuvida xorvatiyalik Lea Boshkovichga qarshi kortga chiqdi. Oltmish etti daqiqa davom etgan bahsda Kudermetova 6/3, 6/0 hisobida zafar quchib, asosiy to'rga yo'llanma oldi. Vakilamiz 7, raqibasi 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada anchayin ko'proq bo'ldi - 7 ga 2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Dunyoning 137-raketkasi bo'lib turgan Kudermetova bugun asosiy to'rning 1/16 final bahsida shveycariyalik Selin Naefga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 15:30da boshlanadi.

Fikrlar