22 apr 07:22
Yangiliklar
2026 Oeiras Ladies Open. Kudermetovadan chiroyli kambek!
Musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'llanma olgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova zafarli yurishini davom ettirmoqda. Dunyoning 137-raketkasi bo'lib turgan vakilamiz 1/16 final bahsida shveycariyalik Selin Naefga qarshi kortga chiqdi va kambek evaziga g'alaba qozondi - 5/7, 6/0, 6/2.
Bir yuz bir daqiqa davom etgan uchrashuvda ikkala tennischi ham bir xilda 1 tadan eys zarbasini amalga oshirib, 5 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 137, Naef 209-o'rinni egallab turibdi. Ertaga Polina 1/8 finalda ispaniyalik Guyomar Maristaniga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.

Fikrlar