23 apr 08:46
Yangiliklar
2026 Oeiras Ladies Open. Kudermetovadan yana kambek, u 1/4 finalda!
Musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga yo'llanma olgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova 1/16 finalda shveycariyalik Selin Naefni kambek evaziga mag'lub etgandi - 5/7, 6/0, 6/2.
Dunyoning 137-raketkasi bo'lib turgan vakilamiz 1/8 finalda ham uch setlik uchrashuv o'tkazdi. Polina ispaniyalik Guyomar Maristanini 2 soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda kambek evaziga 5/7, 6/4, 6/4 hisoblarida taslim etdi.
Etiborga molik jihati shundaki, shu yilning o'zida tennischilar o'zaro uch marotaba o'zaro to'qnash kelishdi. Uchchala uchrashuvda ham Kudermetova ispan raqibasini mag'lubiyatga uchratdi. Maristani ayni paytda WTA reytingida 181-o'rinni egallab turibdi.
Ertaga Polina 1/4 finalda italiyalik Lyuchiya Broncettiga qarshi kortga chiqadi. Lyuchiya 1/8 finalda sobiq o'zbekistonlik tennischi Varvara Lepchenkoni musobaqadan chiqarib yubordi.

Fikrlar