20 apr 07:22
Yangiliklar
2026 Oeiras Ladies Open. Kudermetovaning yurishi boshlandi
Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova ham ishtirok etyapti. Saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz 1/2 finalda portugaliyalik Beatriz Kastroni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/1.
Ellik etti daqiqa davom etgan bahsda 6 ta eys zarbasini amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Beatrizda eys zarbalari bo'lmadi, qo'shxatolari esa 7 tani tashkil qildi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Dunyoning 139-raketkasi bo'lib turgan Kudermetova bugun asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final bahsida xorvatiyalik Lea Boshkovichga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.

Fikrlar