20 sen 19:08
Yangiliklar
Eshkak eshish, Osiyo o'yinlari
21 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qaysi sportchilarimiz ishtirok etadi?
Xanchjouda Osiyo o'yinlarining ochilish marosimi o'tkazilmagan bo'lsada, bazi sport turlarida bellashuvlar boshlanib ketdi.
Bugun akademik eshkak eshish bahslarida bir necha hamyurtimiz ishtirok etdi. Ularning bazilari to'g'ridan-to'g'ri finalga yo'l olgan bo'lsa, bazilari saralash bahslari orqali final yo'llanmasi uchun urinib ko'rishadi.
Ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 6:00da akademik eshishning engil vaznli ayollar, juftlik bahslarida hamyurtlarimiz Luizaxon Islomova va Malika Tagmatova startga chiqadi. Ular finalga chiqishlari uchun marraga 1 yoki 2-bo'lib etib kelishlari talab etiladi. Final yo'llanmasi uchun qizlarimiz Filippin, Indoneziya, Xitoy Taypeyi va Koreya Respublikasi vakilalari bilan bellashadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar