16 sen 12:44
Yangiliklar
SHaxmat
2,5 mln dollar! Hatto yutqazgan shaxmatchi ham millionerga aylanadi
Jahon toji uchun o'zaro o'ynaydigan amaldagi chempion Gukesh Dommaradju hamda Davogarlar turniri g'olibi Javohir Sindarov matchining mukofot jamg'armasi qanday bo'linishi ochiqlandi.
O'zbekiston va hindistonlik 20 yashar grossmeysterlar o'rtasidagi Jahon toji uchun kechadigan bahsning mukofot jamg'armasi 2,5 million AQSH dollari miqdorida bo'ladi.
Har bir partiyadagi g'alaba uchun shaxmatchi 200 000 AQSH dollariga ega bo'ladi, qolgan mablag' esa ikki o'yinchi o'rtasida teng bo'linadi.
Agar klassik yo'nalishdagi yakuniy hisob 7,5-6,5 yoki 8-6 bo'lsa, g'olib 1,3 million AQSH dollari, ikkinchi o'rin sohibi esa 1,2 million dollarni qo'lga kiritadi.

Havola :
Fikrlar