10 fev 19:09
Yangiliklar
Boks/MMA

3 nafar bokschimiz Vengriyada finalga yo'l oldi, 3 bokschimizda esa bronza
Vengriyaning Debrecen shahrida Ishtvan Bochkai xalqaro xotira turniri o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqada yarim final janglari o'tkazildi. Unda 6 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Bokschilarimizning 3 nafari g'alaba qozonib, finalga yo'l olgan bo'lsa, 3 bokschimiz bronza medali bilan kifoyalandi.
-51 kg: Ziyovuddin Alijonov - Damir Abdikadir (Qozog'iston) - g'alaba
-54 kg: Oybek Jo'raev - Pavlo Kovalenko (Ukraina) - g'alaba
-57 kg: Samandar Xolmurodov - Serik Temirjanov (Qozog'iston) - mag'lubiyat
-80 kg: To'rabek Xabibullaev - Xiki Samuel (SHotlandiya) - g'alaba
-80 kg: Rahmatillo Boymatov - Oleksandr Xijnyak (Ukraina) -mag'lubiyat
-63,5 kg: Aydos Tagaybaev - Fred Zziva (Avstraliya) - mag'lubiyat
Final bahslari ertaga o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar