29 avg 13:18
Yangiliklar
Engil atletika
3000 metrga yugurishda yangi Jahon rekordi o'rnatildi
Norvegiyalik Yakob Ingebrigcen 3000 metrga yugurishda jahon rekordini o'rnatdi.
Ikki karra Olimpiada chempioni Sileziya (Polsha)dagi "Brilliant liga" bosqichida o'z natijasi bilan ajralib turdi.
U 3000 metr masofani 7 daqiqa 17,55 soniyada bosib o'tib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Bu masofadagi avvalgi rekord keniyalik Daniel Komenga (7:20,67) tegishli bo'lib, 1996 yildan beri saqlanib kelayotgan edi.
Havola :
Manba : news_matchtv
Fikrlar