04 iyu 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

41 yashar Muslim Salixovning UFC'dagi keyingi jangi elon qilindi
U hamyurtlarimiz bilan bitta kardda chiqish qiladi.
26 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi bellashuv elon qilindi.
Yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Muslim Salixov turnir doirasida Braziliya vakili Karlos Lealga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Salixov faoliyati davomida 26 ta jang o'tkazib, 21 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan. 31 yashar Karlos Leal hisobida esa 22 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.
Etiborlisi, 26 iyul kungi UFC turnirida o'zbekistonlik MMA ustalari — Ramazon Temirov va Bogdan Guskov ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar