21 okt 08:37
Yangiliklar
43 yoshli Zabelinskaya Olimpiadada ishtirok etmoqchiligi haqida gapirdi
2018 yildan buyon O'zbekiston termasi sharafini himoya qiladigan 43 yoshli Zabelinskaya Rossiya termasi tarkibida 3 marta Olimpiada medallariga ega chiqqan.
"Rossiya termasi tarkibida bo'lganimda mamlakat masuliyatini, davlat tomondan yordamni his qilmaganman. O'shanda o'zim uchun harakat qilganman, shaxsiy maqsadlarni amalga oshirish yo'lida mehnat qilganman. Agarda natija ko'rsata olmasam, unchalik jaxlim ham chiqmasdi.
Hozir O'zbekiston termasida barcha-barcha sportchilar kabi natija haqida qayg'uradi, Respublikaning Yurtboshisidan boshlab, bizga moliyaviy tomondan katta yordam beradigan inson ham. G'alaba ham faqatgina sportchining emas, barcha xalqning quvonchi bo'ladi. Albatta, bunday paytda masuliyat juda katta bo'ladi. SHu sababli Parijdagi Olimpiadaga jiddiy tayyorlanyapman", - dedi Zabelinskaya.
Fikrlar