So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

26 avg 17:42
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

450 gramm tug'ilgan, buyuk depressiyadan qutilib, AQSHni zabt etayotgan super og'ir vaznli bokschi - Tayson Fyuri haqida

Teglar :  Tayson FyuriBoks
Siz bilgan va bilmagan Tayson Fyuri haqida.

Yulduzning tug'ilishi

Tayson Fyuri tug'ilishidan bir yarim oy oldin afsonaviy Mayk Tayson Maykl Spinksni birinchi raunddayoq nokaut qilgan. SHu boisdan, Fyurining otasi shu g'alaba sharafiga o'g'liga Tayson ismni berishga qaror qilgan. Bu nom yosh go'dakka kuch beradi deb hisoblagan, sababi Tayson bor-yo'g'i olti oyligida dunyoga kelgan, uning tug'ilganda vaznni esa atigi 1 funt(450 gramm)ni tashkil qilgan. SHifokorlar chaqaloqni yashab ketishga umuman ishonishmagan. Lekin shu go'dak 27 yildan so'ng 112 kg, 206 sm.ga ega bo'ldi.


Aynan shu chaqaloq Dyusseldorfda Vladimir Klichko ustidan zafar quchdi. Lekin bu g'alabadan bir yarim yil o'tib, Fyurining hayoti izdan chiqdi. Giyohvand moddalar, alkogol mahsulotlarga mukkasidan ketdi, vazni 180 kgdan oshdi, joniga qasd qilishga urindi. Bokschi shu kunlarni eslab: «Men o'sha paytda "Ferrari" avtomobilini sotib oldim, shundan so'ng 306 km/soat tezligida haydab to'g'ri devorga qarab urish niyatida edim, lekin qaerdandir "Tayson - sening oilang, bolalaring bor, ularni o'yla, degan ovozlar eshitildi, men shu zahoti tormozni bosdim",-degan edi. SHundan so'ng Tayson 2017 yilning noyabr oyiga kelib, o'ziga kela boshladi. Mashg'ulotlarni qaytadan boshladi.


"Men oddiygina lo'liman"

Tayson Fyuri haqida ishlangan hujjatli filmda, bokschining otasi ular ko'p yil davomida yashagan gildirakli uyni ko'rsatadi. Tayson yoshligidan juda ko'p qiyinchilikka uchragan."Menga ko'pincha nochordek qarashardi, ko'p odamlar meni ajratardi. Men ko'pchilik uchun oddiygina lo'li bo'lib ko'rinaveraman",-degan edi yoshligini eslab engilmas boks yulduzi. Yillar o'tdi, aynan shu lo'li bolakay boks afsonasi deyarli o'n ikki yildan beri mag'lubiyatga uchramagan Vladimir Klichkoni taslim etdi. Aynan shu nochor bola 2018 yilning 1 dekabrida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelgan Deontey Uaylderga qarshi jang o'tkazib, durrangga erishgan.


Tayson Fyurining boksga kirib kelishi

Fyuri o'n yoshida maktabni tashlab, boks bilan jiddiy shug'ullanishga qaror qiladi. U ota tomondan ham ona tomondan ham lo'lilarga yaqin bo'lgan, shu boisdan u yoshligidan qo'lqopsiz janglarda muntazam ishtirok etgan. U o'n to'rtga kirganda otasi bilan sparing janglarini o'tkazardi, otasini shunday qattiq urar edi, bu og'riqlardan otasi quvonar edi. Taysonga otasi va bobosi navbatma-navbat murabbiylik qilishgan. Uning otasi hamda bobosi ko'p yillar davomida qamoqxonada bo'lishgan. Fyurining Klichkoga qarshi jangiga oz muddat qolganda otasi o'n bir yilga qamaladi, shu paytlarda bobosi bosh murabbiylikni o'z qo'liga olardi. Hozirda Tayson 27 yoshli murabbiy Ben Devison bilan ishlaydi. SHuningdek, uning burchagida Rikki Xatton hamda Freddi Rouch o'z maslahatlarini berib turmoqdalar. Tayson qo'pol gavda tuzilishga ega bo'lsada, uning raqiblari Fyuri tomon zarba berishga doim qiynalishadi. Qahramonimiz hech qachon pancherlikka davogarlik qilmagan. Uning ustunligi - zarbalardan qochib, aniq ochkolik zarbalar berish. U nafaqat ringda, balki ring tashqarisida ham xavfli. U shoumen, u ustalik bilan raqibiga bosim o'tkazadi. U shunchaki fenomen.


Endi nima bo'ladi?

2019 yilning 1 yanvarida super og'ir vaznda uchta qirol bor edi. Bular - Deontey Uaylder, Entoni Joshua hamda Tayson Fyuri. Har uch bokschi ham yozda o'z janglarini o'tkazdilar, Deonteyga g'alaba qozonishi uchun bir raund etgan bo'lsa, Fyuriga ikki raund kifoya qildi. Lekin, Joshua o'ziga berilgan vazifani bajara olmadi hamda faoliyatidagi dastlabki nokautni qabul qildi. Tayson Fyuri va Tom SHvarc jangi 15 iyul sanasida bo'ldi. «Lo'lilar Qiroli» birinchi marta AQSHda jang qildi. U bu bahsga o'zgacha uslubda keldi. U AQSH bayrog'i tushirilgan kiyimlarda ringga kirib keldi. Muxlislar ham, Taysoning o'zi ham AQSHdagi birinchi safaridan xursand bo'ldi. Fyuriga engilmas raqibini mag'lub etishga bor-yo'g'i olti daqiqa etarli bo'ldi. G'alabadan so'ng xotiniga atab "Aerosmith" qo'shig'ini kuyladi. Endi Tayson Fyurining bosh maqsadi bor. U hozirgi zamon AQSH boks qiroli Deontey Uaylderni aynan o'z zaminida mag'lub etishdir.

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
26 avg 20:30:11
Angren.
Хаваскор боксда узбек боксчиси Сардор Абдуллаевдан йенгилгани хакида ёзмабсларда. Макола саёзрок ёзилган.
   
26 avg 19:43:28
Jasur Saidmusayev
yaxshi maqola
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing