15 sen 13:00
Yangiliklar
SHaxmat
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O'zbekiston terma jamoasi tarkibi rasman elon qilindi
Samarqand mezbonlik qiladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochiq (open) yo'nalishida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O'zbekiston-1 asosiy terma jamoasi tarkibi rasman elon qilindi.
Mazkur tarkib 2022 yili Hindistonning CHennay shahrida o'tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan chempion tarkib bilan deyarli bir xil. Yagona o'zgarish — Jahongir Vahidov o'rniga bu gal jamoaga yosh grossmeyster Muhiddin Madaminov jalb etildi.
O'zbekiston-1 jamoasi tarkibi:
GM Javohir Sindarov — 2778
GM Nodirbek Abdusattorov — 2762
GM Nodirbek Yoqubboev — 2685
GM SHamsiddin Vohidov — 2654
GM Muhiddin Madaminov — 2611
Jamoa murabbiyi (kapitan): GM Rustam Qosimjonov

Havola :
Manba : UzChess
Fikrlar