22 iyu 19:34
Yangiliklar
Tokio-2020
46 yoshli CHusovitina Tokio Olimpiadasi uning so'nggi musobaqasi bo'lishini malum qildi
19 iyun kuni O'zbekiston sharafini himoya qiladigan CHusovitina 46 yoshga to'ldi.
Gimnastikachilarning jamoaviy musobaqasida 1992 yilgi Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Oksana CHusovitina Tokio Olimpiadasi u uchun so'nggisi bo'lishini malum qildi.
"Bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman. Ammo bu shubhasiz mening so'nggi chiqishlarim. Ilgari bu mening so'nggi Olimpiadam deb aytmaganman. Ammo bu safar haqiqatan ham shunday.
Nega men bunga qaror qildim? Men o'g'lim bilan ko'proq vaqt o'tkazishni xohlayman. U ikki yil oldin Italiyaga ko'chib o'tgan. Bu yil u universitetga o'qishga kirdi va men u bilan birga bo'lishni xohlayman", - dedi sportchi matbuot anjumanida.
Ertaga, 23 iyul kuni ochiladigan Tokio Olimpiadasi Oksana CHusovitina uchun sakkizinchisi bo'ladi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar