03 mar 20:41
Yangiliklar
Gimnastika
47 yoshli Oksana CHusovitina Jahon Kubogi bronza medaliga ega chiqdi
Doxa shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kunida final bahslari bo'lib o'tdi.
Etiborlisi, unda 47 yoshli hamyurtimiz Oksana CHusovitina "tayanib sakrash" dasturi bo'yicha ikki bor chiqish qildi va 12.916 ballni qo'lga kiritdi. Afsonaviy sportchimiz ushbu natija orqali Jahon Kubogining bronza medalini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz kecha "tayanib sakrash" dasturining saralash bahslarida 12.899 ballni qo'lga kiritib, finalga yo'l olgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar