So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

11 apr 13:08
Yangiliklar

Boks/MMA

48 yoshli Yoel Romero Gektorga qarshi jang o'tkazadi

Vagab Vagabov bilan revansh jangi Yoel Romero uchun ustuvor vazifa emas.

Kubalik faxriy aralash yakkakurash ustasi navbatdagi jangini sobiq Bellator chempioni Gektor Lombardga qarshi o'tkazadi. 48 yoshli kubaliklarning jangi 1 may kuni Mayamida bo'lib o'tadigan Gamebred Bareknuckle MMA turnirining bir qismi bo'ladi. Xorxe Masvidal egalik qiladigan liga MMA qoidalari bo'yicha qo'lqopsiz, yalang'och musht janglarini o'tkazishga ixtisoslashgan.

So'nggi yillarda Yoel Romero turli yakkakurash turlarida faol ishtirok etib, Dirty Boxing ligasida gibrid qoidalar bo'yicha bir nechta janglar o'tkazdi. BKFC bayrog'i ostida yalang'och musht janglarida debyut qildi, shuningdek, RAF gilamida o'zining kurash ildizlariga qaytdi. U so'nggi jangini ikki hafta oldin Sankt-Peterburgda bo'lib o'tgan IBA Bare Knuckle 4 turnirida o'tkazdi va musht jangida hakamlarning yakdil qarori bilan rossiyalik Vagab Vagabovga bahsli tarzda yutqazdi.

Gektor Lombard ham so'nggi yillarda qo'lqopsiz ko'plab janglar o'tkazdi, jumladan, BKFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Hamyurti bilan jang kubalikning Gamebred Bareknuckle ligasidagi ikkinchi chiqishi bo'ladi. U 2023 yil noyabr oyida raqibining gardan qismiga zarba bergani uchun 69 soniyada diskvalifikaciya qilingan edi. O'zining so'nggi jangida Lombard o'tgan yilning avgust oyida DBX 3 turnirida Jeyms Kennonga tezkor nokaut bilan mag'lubiyatga uchragandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing