16 noy 10:38
Yangiliklar
58 yoshli Mayk Tayson va 27 yoshli Jeyk Pol ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson hamda bloger-bokschi Jeyk Pol o'rtasida bo'lib o'tdi. Ikki daqiqadan iborat sakkiz raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi.
Dastlabki ikki raund 58 yoshli Temir Mayk tashabbusga ega bo'ldi. Lekin keyingi raundlarda Tayson charchab qoldi. 27 yoshli Jeyk Pol esa keyingi raundlarni o'z foydasiga hal qildi. Baribir o'rtadagi 31 yosh tafovuti o'z so'zini aytdi.
Jeyk Pol ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi. Uchchala hakam ham 79-73 hisobidagi g'alabani blogerga bergan. Bu uning faoliyatidagi 11-g'alabasi bo'ldi. Endi u kelajakda o'z nabiralariga afsonani mag'lub etganini mag'rurlanib so'zlab beradi. Nabiralari esa miyig'ida kulib qo'yishsa kerak.
Fikrlar