21 fev 00:12
Yangiliklar
Boks/MMA

6 nafar bokschimizning barchasi "Stranja"ni g'alaba bilan boshladi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha nufuzli "Stranja" xalqaro turniri boshlandi.
Bugun musobaqa doirasida 6 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi va ularning barchasi g'alabaga erishdi.
Bokschilarimizning musobaqadagi ishtirokini -63,5 kg vaznli Mujibillo Tursunov boshlab berdi. U ilk bosqichda ispaniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
-60 kg vaznli Rayhona Qodirova ruminiyalik raqibasini yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
-75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jaffarov litvalik bokschidan ustun keldi.
-80 kg vaznli Odiljon Aslonov mezbon raqibini yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
+92 vazn toifasida Lazizbek Mullojonov ukrainalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
-92 vaznli Madiyar Saidrahimov rossiyalik bokschidan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar