24 fev 23:49
Yangiliklar

7 nafar o'zbek bokschisi "Stranja" turnirida jang qildi (barcha natijalar)
Bugun kun davomida 7 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Ularning 4 nafar g'alaba qozondi, uch nafari esa afsuski mag'lubiyatga uchradi.
-51 kg: Tursunoy Rahimova - Svetlana Soluianova (Rossiya) - Tursunoy Rahimova 5:0 hisobida g'alaba qozondi
-81 kg: Sohiba Ro'zmetova - Anastasiya Bayazitova (Qozog'iston) - Sohiba Ro'zmetova 0:5 hisobida yutqazib qo'ydi
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Orazbek Asilkulov (Qozog'iston) - Abdumalik Xalakov 5:0 hisobida g'alabaga erishdi
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Krasmir Jurov (Bolgariya) - Mujibillo Tursunov 5:0 hisobida g'alaba qozondi
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Oleksandr Xijnyak (Ukraina) - Oleksandr Xijnyak 5:0 hisobida g'alabaga erishdi (jang davomida referi hamyurtimizdan ikki ochko olib tashladi)
-80 kg: Odiljon Aslonov - Jorj Krotti (Angliya) - Odiljon Aslonov 4:1 hisobida g'alaba qozondi
-69 kg: Jahongir Rahmonov - Dulat Bekbaulov (Qozog'iston) - Jahongir Rahmonov 0:5 hisobida yutqazib qo'ydi
Fikrlar