02 avg 20:13
Yangiliklar
Og'ir atletika
-81 kg vazn toifasida o'zbek polvonlari Osiyoda tengsiz!
Hindistonda og'ir atletika bo'yicha qitamizning eng kuchli yosh polvonlari aniqlanmoqda.
Bugun kunning birinchi qismidayoq sportchilarimizning g'alabasi sharafiga ikki bor davlatimiz madhiyasi yangradi. Har ikki chempionlik -81 kg vazn toifasida qo'lga kiritildi.
O'smirlar o'rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Diyorbek Ermatov dast ko'tarishda 145 kg, siltab ko'tarishda 177 kg va ikki kurashda 319 kg bilan mutlaq chempionlikka erishdi. Yoshlar toifasidagi musobaqada Nursulton Esbergenov dast ko'tarishda 154 kg bilan oltin, siltab ko'tarishda 178 kg bilan kumush medalga ega chiqdi. Umumiy hisobdagi 332 kg esa unga yana bir oltin medalni taqdim qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar