22 noy 10:15
Yangiliklar
9 nafar bokschimiz yoshlar o'rtasidagi JCH chorak finalida jang qildi
Kecha musobaqa doirasida chorak finallar boshlandi va unda 9 nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tarildi. Ularning 6 nafari g'alabaga erishib, JCH medalini naqd qilgan bo'lsa, 3 nafari afsuski chorak finalda JCH bilan xayrlashdi.
Bokschilarimiz chorak final doirasida quyidagicha natijalar qayd etishdi:
-48 kg: Gulsevar G'anieva - Yi-Xuan Guo (Xitoy Taypeyi) - g'alaba
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Krisovalanu Kutsokristu (Germaniya) - mag'lubiyat
-63 kg: Sitora Bahodirova - Magali Errera (Argentina) - mag'lubiyat
-54 kg: Xo'janazar Nortojiev - SHeyn Rayyan (Irlandiya) - g'alaba
-67 kg: Javohir Ummataliev - Ares Xakobyan (Armaniston) - g'alaba
-70 kg: Aziza Zokirova - Gauxar SHaibekova (Qozog'iston) - g'alaba
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva - Elena Pepek (Polsha) - g'alaba
-75 kg: To'rabek Xabibullaev - Alik Ovanisyan (Armaniston) - g'alaba
-92 kg: Aynazar Kenesbaev - Muhammad Holid (Misr) - mag'lubiyat
Bugun musobaqa doirasida chorak final bahslari davom ettiriladi. Unda yana 4 nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi.
Fikrlar