So’nggi yangiliklar

19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0

24 iyu 19:28
Yangiliklar

Kurash

Ilk bor AQSH poytaxtida belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi

Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) tomonidan milliy sport turimiz - belbog'li kurashni dunyo bo'ylab rivojlantirish uchun halqaro hamkorlik ishlarga alohida etibor qaratgan.

Jumladan, jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev say-harakati, tashabbusi va ko'magi bilan Amerika Qo'shma SHtatlarida ham belbog'li kurashimiz keng quloch yoyilishiga erishilmoqda.

Xususan, JBKAning dastur-rejasiga muvofiq, ayni paytda AQSHning Vashington shahrida bo'lib turgan JBKA vakillari hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov Vashington shahridagi BOWIE universiteti sport menejeri, professor Adam Kaya, atletik-talaba departamenti direktori V. Rene Xovard bilan uchrashib, jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan kattalar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionatini aynan mazkur universitet sport majmuasida o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borishdi.

O'zaro muzokaralar yakunida joriy yilning dekabr oyida belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionatini tarixda ilk bor AQSH poytaxti Vashington shahrida yuqori saviyada  o'tkazishga kelishildi. 

SHundan so'ng sport delegaciyamizni universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishdi va mezbonlar o'zaro ishonch va tashrif uchun jahon belbog'li kurash associaciyasiga minnatdorchilik bildirib, dekabr oyida bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun barcha sharoitlar yaratilishini takidlashdi. 

Bundan tashqari, ushbu jahon chempionati doirasida belbog'li kurashni AQSHda ham rivojlantirish borasida JBKA bilan ikki tomonlama memorandum imzolanishi to'g'risida ham kelishib olindi.

SHuningdek, JBKA tomoni universitet rahbariyati, xususan, janob professor Adam Kaya joriy yilning sentyabr oyida Xorazm viloyatida bo'lib o'tadigan etnosport bo'yicha xalqaro festival doirasida belbog'li kurash bo'yicha o'tadigan xalqaro turnirga taklif etdi.

Albatta, jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazish uchun aynan AQSH poytaxti Vashington shahri tanlanishi bejizga emas. 

Boisi, milliy sport turimiz belbog'li kurashni okean ortida turib ham namoyish etish orqali belbog'li kurashni er kurrasi bo'ylab ommalashtirish va hamisha bosh maqsad - Yangi O'zbekistonimizni ulug'lash bo'laveradi!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing