23 avg 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bunda intriga bor". Maxachev Topuriya bilan jangga qiziqmoqda
Islam Maxachev Iliya Topuriya bilan jang qilishga tayyor.
"Engil vazndagi eng adolatli jang? Ha, Arman Carukyan - Iliya Topuriya. Tarixda chempionlik jangida zaxira varianti bo'lganlar, keyinchalik kamar uchun ham jang qilgan. Unga imkon berilmagan holatni eslay olmayman. Kim favorit? Agar Arman to'g'ri tayyorgarlik bilan chiqsa, uddalay oladi.
Navbatdagi jangim? Topuriya bilan jangda intriga bor. Mening o'zimga ham bu jang qiziq. Balki qandaydir superjang tashkil qilishning imkoni bo'lar. Vaznlar bo'yicha o'ylab ko'ramiz", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar