23 avg 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC SHanxay. Markaziy jangda nokaut qayd etildi
Xitoy mezbonlik qilgan UFC Fight Night 257 turniri o'z yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasi jangchilari - braziliyalik Jonni Uoker hamda xitoylik Minyan CHjan o'zaro to'qnash keldi.
5 raundga mo'ljallangan jang 2-raundda Jonni Uokerning g'alabasi bilan yakunlandi. Tajribali Uoker mezbon sportchini texnik nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Jonni Uoker UFC'ning yarimog'ir vazn reytingida 13, Minyan CHjan esa 14-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz Bogdan Guskov esa ushbu vaznning 10-pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar