22 avg 11:34
Yangiliklar

Murodjon Ahmadalievga O'zbekistonning o'zidan raqobatchi chiqmoqda
Bu haqda Muhammad hamkorlik qiluvchi RCC Boxing promouterlik kompaniyasi Bosh direktori German Titov malum qildi. Rossiyada istiqomat qiluvchi SHexov ham O'zbekiston, ham Rossiya bayroqlari bilan o'z janglariga chiqib keladi.
"Muhammad SHexov uchun hozir eng yaxshi variant — bu o'z vazn toifasida WBA Interim kamari uchun jang qilish. Vaqtinchalik chempion ertami kechmi to'laqonli chempion bilan jang qiladi yo o'zi to'liq chempionga aylanadi. Rostdan ham shunday bo'lishi mumkin. Naoya Inoue yana bir-ikkita jang o'tkazib, yuqoridagi vaznga ko'tariladi. Hozirda biz SHexovning WBA Interim kamari uchun jang qilishi bo'yicha muzokara olib boryapmiz", dedi Titov.
Malumot uchun, ayni paytda ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA vaqtinchalik kamari hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga tegishli bo'lib turibdi.
Fikrlar