13 iyu 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdel-Aziz: "Maxachev - Maddalena jangi shu yil o'tkaziladi, bu aniq!"
Engil vaznda UFC chempioni, tashkilotning vazn toifasidan qati nazar reytingida peshqadam bo'lib turgan Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz mijozi haqida gapirdi.
"Maxachev va Della Maddalena o'rtasidagi jang qaysi oyga belgilanishi muhim emas. Islam va Jek o'rtasidagi jang shu yil o'tkaziladi, bu 100% aniq. Men u bilan hozirgina suhbatlashdim. U allaqachon kuniga ikki marta mashg'ulot o'tkazyapti, jangga tayyorgarlik ko'ryapti.
Menda Della Maddalena ham shug'ullanayotgani haqida ham malumot bor. Uch-to'rt oydan keyin ikki yuqori saviyali sportchi o'rtasida jang bo'ladi", dedi menejer.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar