16 apr 18:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdel-Aziz Volkanovski uchun eng munosib raqib kimligini aytdi
Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz kuni kecha chempionlik kamarini qo'lga kiritgan avstraliyalik aralash yakkakurash ustasi uchun munosib raqib kim degan savolga javob berdi.
U UFC yarim engil vazn toifasidagi chempionlik jangini Aleks Volkanovski va Movsar Evloev o'rtasida o'tkazish tarafdori ekanligini bildirdi.
"Volkanovski va Evloev jangi — divizionda yagona mantiqiy jang", — deb yozdi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski yakshanba tongida o'tkazilgan turnirda Diego Lopesni mag'lub etib, vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar