18 noy 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulhay SHorahmatov Evropada, navbatdagi jang uchun raqib aniq + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, 21 noyabr kuni professional bokschimiz Abdulhay SHorahmatov ringga ko'tariladi.
Quensberry kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan bokschimiz o'sha kuni Polshada prof ringdagi ikkinchi jangini o'tkazadi. Bu safar hamyurtimizga mezbon bokschi Robert Niedzvedcki raqiblik qiladi. Jang 6 raundga mo'ljallangan.
Ayni paytda bokschimiz Polshaning Varshava shahrida jangga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda.
Malumot uchun, SHorahmatov prof boksdagi debyutini shu yili fevral oyida Filippinda mezbon Benji Ebidoga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. Robert Niedzvedcki shu kungacha prof boksda uchta jang o'tkazgan. U ikkita jangda mag'lubiyatga uchragan va bitta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar